Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yildiz va Vlaxovich «Milan»ga qarshi o‘ynamasligi mumkin

Yildiz va Vlaxovich «Milan»ga qarshi o‘ynamasligi mumkin

Baho:
+ | -

Turkiyalik hujumchi Kenan Yildiz Italiya chempionatining 34-turi doirasidagi «Milan»ga qarshi muhim bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Nufuzli italiyalik jurnalist Janluka di Marsioning xabar berishicha, futbolchi kecha jamoaning mashg‘ulotini o‘tkazib yuborgan. Shuningdek, serbiyalik hujumchi Dushan Vlaxovich ham ushbu mashg‘ulotda ishtirok etmagan.

Boshqa tarafdan, bir qator futbolchilar (Emil Xolm, Vasiliye Adjich, Kefren Tyuram va Mattia Perin) sog‘ayib safga qaytishdi va Luchano Spalletti ularning xizmatidan foydalanishi mumkin. Hozirda «Milan» turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi, turinliklar esa to‘rtinchi pog‘onada borishmoqda.

Kiritildi: 19:10, 24.04.2026.
O'qildi: 1001 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик