Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Superliga. Muzaffarovning dubli evaziga «Qizilqum» irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Superliga. Muzaffarovning dubli evaziga «Qizilqum» irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 9-turidan o‘rin olgan bahsda «Qizilqum» o‘z maydonida «Qo‘qon-1912»ni qabul qildi va irodali g‘alabaga erishdi.

Uchrashuv mehmonlarning faolligi bilan boshlandi va 10-daqiqada Shohruh Gadoyevning uzatmasidan keyin Toma Tabatadze hisobni ochdi — 0:1.

«Qizilqum» tez orada javob qaytardi. 22-daqiqada Shahzod Rahmatullayevning aniq uzatmasini Akmal Muzaffarov bosh bilan darvozaga yo‘llab, hisobni tenglashtirdi — 1:1.

33-daqiqada esa Fayzullo Jumanqo‘ziyevning pasidan keyin yana Muzaffarov bir urinishda to‘pni darvozaga joylab, jamoasini oldinga olib chiqdi — 2:1.

Ikkinchi bo‘limda ham mezbonlar ustunlikni saqlab qolish uchun faol harakat qildi. 52-daqiqada Muzaffarovning kuchli zarbasi to‘singa tegib qaytdi. 74-daqiqada esa Aleksiy Shchebetunning xavfli zarbasini raqib posboni qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

Uchrashuv so‘nggi qismida mehmonlar penalti ishlab olgandek ko‘rindi, ammo VAR tekshiruvidan so‘ng bosh hakam qarorini o‘zgartirdi va o‘yin davom ettirildi.

Shu tariqa «Qizilqum» 2:1 hisobida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Superligasi, 9-tur
24 aprel 2026 yil
«Qizilqum» — «Qo‘qon-1912» 2:1
Gollar: Akmal Muzaffarov, 22 (1:1), 33 (2:1) — Toma Tabatadze, 10 (0:1).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:24, 24.04.2026.
O'qildi: 867 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик