Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Brunu Fernandesh: «Saudiyaning katta pullaridan ko‘ra «Manchester Yunayted»dagi orzularimni ustun qo‘ydim»

Brunu Fernandesh: «Saudiyaning katta pullaridan ko‘ra «Manchester Yunayted»dagi orzularimni ustun qo‘ydim»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh boshqa jamoalardan takliflar bo‘lishiga qaramay, nega mankunianliklar tarkibida qolishga qaror qilganini so‘zlab berdi. Avvalroq Saudiyaning «Al-Hilol» klubi futbolchiga faol qiziqish bildirgan edi.

«Men klubga hali foydam tegishi mumkin deb hisoblaganim uchun qoldim. Albatta, Saudiya bilan bog‘liq butun boshli voqea, pullar... Gap juda katta pul haqida ketayotgan edi. Oilamizning o‘ziga xos jihati borligi yaxshi: rafiqam ikkimiz ancha oddiy insonlarmiz. Dunyodagi eng boy odamlarga aylanishga intilmasligimizni aniq tushunamiz. Biz shunchaki orzularimizni ro‘yobga chiqarishni, farzandlarimiz bilan yaxshi hayot kechirishni va iloji boricha muvaffaqiyatga intilishni xohlaymiz.

Rafiqam menga: «Sen o‘z orzuingga, shunchalik intilgan narsangga erishdingmi?» qabilida gapirdi. Aynan shu narsa menga fikrlarimiz bir joydan chiqayotganini anglatdi. Shunchaki ishlashda davom etish kerak, keyin esa vaziyat nima bilan tugashini ko‘ramiz.

Men klubni bunday qiyin davrda tark etishni istamadim. Premyer-liga va Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni xohlayman, buni hech qachon yashirmaganman», — dedi Fernandesh BBC’ning The Wayne Rooney Show ko‘rsatuviga bergan intervyusida.

Kiritildi: 23:41, 24.04.2026.
O'qildi: 902 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик