Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fernandesh: «Kerrik qo‘l ostida uchinchi bo‘lishimizni xayolimizga ham keltirmagandik»

Fernandesh: «Kerrik qo‘l ostida uchinchi bo‘lishimizni xayolimizga ham keltirmagandik»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh jamoaning hozirgi bosh murabbiy Maykl Kerrik qo‘l ostida qayd etayotgan natijalari haqida fikr bildirdi. Angliyalik mutaxassis yanvar oyida Ruben Amorimning o‘rnini egallab, lavozimga kirishgan edi.

33-turdan so‘ng «qizil iblislar» turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi — Chempionlar ligasi yo‘llanmasi deyarli kafolatlangan.

«Biz ajoyib natijalarga erishdik. APLda raqobat juda kuchli, ammo hozir biz kutganimizdan ham yaxshiroq ketyapmiz. Maykl kelgan vaqtda uchinchi o‘ringa ko‘tarilishimizni xayolimizga ham keltirmagan edik», — dedi Fernandesh klub afsonasi Ueyn Runi bilan suhbatda.

Dushanba kuni, 27 aprel sanasida «MYU» o‘z maydonida «Brentford»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 07:57, 25.04.2026.
O'qildi: 638 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик