Kirish Ro'yxatdan o'tish

Konte: «Biz o‘yindan zavq oldik»

Konte: «Biz o‘yindan zavq oldik»

Baho:
+ | -

«Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasining «Kremoneze»ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi o‘yindagi natijasidan mamnun ekanligini bildirdi. Bu haqda neapolliklar ustozi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, A Seriyaning 34-turidan o‘rin olgan ushbu uchrashuv «Napoli»ning o‘z maydonidagi yirik g‘alabasi (4:0) bilan yakunlandi.

«Biz xursandmiz. Jamoa o‘yindan zavq oldi va muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Hozirda biz ikkinchi o‘rindamiz va raqobatchilarimizning natijalarini kutyapmiz», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Italiya matbuoti.

Ayni damda Neapol jamoasi o‘z hisobida 69 ochkoga ega va turnir jadvalida «Inter»dan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Biroq, Konte jamoasi yakshanba kuniyoq uchinchi pog‘onaga tushib ketishi mumkin. Bu «Milan»ning «Yuventus» ustidan g‘alaba qozonishi taqdirida yuz beradi.

Kiritildi: 12:51, 25.04.2026.
O'qildi: 735 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик