Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anchelotti, Gullit va Kaka «Milan» Shon-sharaf zaliga kiritildi

Anchelotti, Gullit va Kaka «Milan» Shon-sharaf zaliga kiritildi

Baho:
+ | -

Karlo Anchelotti, Rud Gullit va Kaka «Milan» Shon-sharaf zalining yangi a’zolariga aylanishdi.

2024 yilda, klubning 125 yilligi munosabati bilan «rossonerilar» klub Shon-sharaf zali tashkil etilganini e’lon qilishgan edi. Unga birinchi bo‘lib himoyachi Franko Barezi kiritilgan, shuningdek, 2024 yilda uch nafar hujumchi — Marko van Basten, Andrey Shevchenko va Filippo Indzagi ham ushbu ro‘yxatdan joy olgandi.

Endilikda Anchelotti, Gullit va Kaka «yarim himoyachilar» toifasida «Milan» Shon-sharaf zaliga kiritildi. Keyingi yillarda darvozabonlar va himoyachilar ham ushbu zalga qabul qilinadi.

Karlo 1987 yildan 1992 yilgacha milanliklar sharafini himoya qilgan va klub bilan 9 ta sovrin, jumladan 2 ta skudetto va 2 ta Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritgan. Rud (1987–1994) «rossonerilar» bilan 12 ta sovringa ega chiqqan (3 ta Seriya A tituli va 2 ta YECHL), shuningdek, «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan. Kaka (2003–2009) «Milan» bilan 6 ta sovrin, jumladan skudetto va YECHLda zafar quchgan, shu bilan birga «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.

Tantanali marosim yakshanba kuni, 26 aprel kuni «San-Siro» stadionida bo‘lib o‘tadigan «Milan» va «Yuventus» uchrashuvi oldidan o‘tkaziladi. Gullitga Tiffany & Co. kompaniyasi tomonidan tayyorlangan maxsus mukofot topshiriladi.

Kiritildi: 14:33, 25.04.2026.
O'qildi: 702 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик