Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Mbappe tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Baho:
+ | -

«Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya La Ligasi doirasida «Real Betis»ga qarshi kechgan bahsda (1:1) orttirib olgan jarohati bo‘yicha dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

DAZN nashrining xabar berishicha, bugun o‘tkazilgan tekshiruvlar futbolchining chap oyoq son qismidagi noqulaylik darajasini baholashga qaratilgan. Dastlabki natijalar ijobiy chiqqan va jiddiy jarohat alomatlari aniqlanmagan. Klub tibbiyot xodimlari vaziyatni «mushaklarning haddan tashqari zo‘riqishi» sifatida baholamoqda.

Shunga qaramay, «qirollik klubi» ehtiyot chorasi sifatida dushanba kuni hujumchini yana bir bor chuqurlashtirilgan MRT tekshiruvidan o‘tkazadi. Shundan so‘ng Mbappening tiklanish muddati va yaqin oradagi o‘yinlarda ishtirok etish masalasiga to‘liq oydinlik kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe «Betis» bilan o‘yinning 80-daqiqasida og‘riq his qilgani sababli zaxiraga olingan edi. Uning o‘rniga maydonga Gonsalo Garsiya tushgandi.

Kiritildi: 19:01, 25.04.2026.
O'qildi: 1300 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик