Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bundesliga. «Bavariya»dan dahshatli kambek: Myunxenliklar 0:3 hisobini 4:3 ga aylantirishdi

Bundesliga. «Bavariya»dan dahshatli kambek: Myunxenliklar 0:3 hisobini 4:3 ga aylantirishdi

Baho:
+2 | -

Germaniya Bundesligasining 31-turi doirasida «Bavariya» safarda «Mayns» mehmoni bo‘ldi va gollarga boy bahsda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi myunxenliklar uchun kutilmagan tarzda kechdi. Maydon egalari tanaffusga qadar raqib darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritishdi: Dominik Kor (15-daqiqa), Paul Nebel (29) va Sheraldo Bekker (45+2) «Mayns»ning yirik ustunligini ta’minladi.

Biroq ikkinchi bo‘limda Myunxen klubi haqiqiy xarakter ko‘rsatdi. 53-daqiqada Nikolas Jekson hisobni qisqartirgan bo‘lsa, oradan 20 daqiqa o‘tib Maykl Olise ikkinchi golni urdi. 80-daqiqada Jamal Musiala muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 83-daqiqada Harri Keyn myunxenliklarga g‘alaba keltiruvchi golga mualliflik qildi — 4:3.

Parallel ravishda kechgan o‘yinlarda «Augsburg» va «Ayntraxt» murosa ko‘chasini tanlashdi (1:1), «Xaydenxaym» esa o‘z maydonida «Sankt-Pauli»ni mag‘lub etdi (2:0).

«MAYNS» — «BAVARIYA» — 3:4

Gollar: Dominik Kor 15 (1:0), Paul Nebel 29 (2:0), Timo Bekker 45+2 (3:0), Nikolas Djekson 53 (3:1), Maykl Olise 73 (3:2), Jamal Musiala 80 (3:3), Harri Keyn 83 (3:4).

«Mayns»: Bas, Posh, Kor (Vayper, 86), da Kosta, Sano, Nebel (Beving, 87), Amiri (Meloni, 79), Mvene, Vidmer (Kasi, 80), Tis, Bekker (Zib, 71).

«Bavariya»: Urbig, Kim Min Dje, Ito, Devis (Stanishich, 57), Laymer, Sapoko Ndiay (Jonatan Ta, 77), Pavlovich (Harri Keyn, 46), Goreska, Luis Dias (Maykl Olise, 46), Rafael Gerreyru (Jamal Musiala, 57), Nikolas Djekson.

Ogohlantirishlar: Dominik Kor (20) — Laymer (33), Maykl Olise (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:11, 25.04.2026.
O'qildi: 1250 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик