Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Rays: «Uni aynan shunday vaziyatlar uchun sotib olishgan»

Rays: «Uni aynan shunday vaziyatlar uchun sotib olishgan»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Deklan Rays jamoadoshi Eberechi Ezening shanba kuni Premyer-liga doirasida «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda urgan golini yuqori baholadi.

27 yoshli angliyalik futbolchi «qarg‘alar» bilan bahsning 9-daqiqasida uchrashuvdagi yagona golni kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

«Menimcha, uning «Bayer»ga urgan goli bundan ham chiroyliroq edi, lekin bu ham ajoyib chiqdi. Uni aynan shuning uchun sotib olishgan. Bir necha hafta oldin uning zarbasi dahshatli ekanini aytgandim. Ajoyib o‘yinchi, yaxshi inson — u mavsumning hal qiluvchi bahslarida bizga juda katta yordam beradi», — deya Raysning so‘zlarini keltiradi Arsenal News Channel.

Eslatib o‘tamiz, Eberechi Eze uchrashuvning 53-daqiqasida jarohat tufayli Gabriel Martinelliga almashtirildi.

Kiritildi: 08:02, 26.04.2026.
O'qildi: 729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик