Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Nyukasl» inqirozda: Klub 2026 yilda mag‘lubiyatlar soni bo‘yicha APLda «etakchi» bo‘lib turibdi

«Nyukasl» inqirozda: Klub 2026 yilda mag‘lubiyatlar soni bo‘yicha APLda «etakchi» bo‘lib turibdi

Baho:
+ | -

34-turda Londonning «Arsenal» jamoasidan mag‘lubiyatga uchragan «Nyukasl» 2026 yil hisobidan Angliya Premyer-ligasidagi to‘qqizinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Ma’lum bo‘lishicha, bu APLda 2026 yildagi eng yomon natijadir, «Nyukasl» ushbu «anti-rekord»ni yana ikki klub — «Byornli» va Londonning «Tottenxem» jamoalari bilan bo‘lishib turibdi.

Shuningdek, «Nyukasl» joriy mavsumda allaqachon 16-mag‘lubiyatini tan oldi. Bu jamoa uchun oxirgi besh yildagi eng yomon ko‘rsatkichdir — bundan yomonroq natija 2020/2021 yilgi mavsumda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda klub 17 bor imkoniyatni boy bergan edi. Biroq oldinda hali to‘rtta o‘yin borligini inobatga olsak, «Nyukasl»da o‘sha ko‘rsatkichni ham «yangilash» uchun yetarlicha vaqt bor.

Kiritildi: 08:17, 26.04.2026.
O'qildi: 488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик