Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi»da g‘alati voqea: Sartarosh jamoaning ichki sirlarini tashqariga chiqarib yubordi

«Chelsi»da g‘alati voqea: Sartarosh jamoaning ichki sirlarini tashqariga chiqarib yubordi

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Kalum Makfarlen Mark Kukurelyaning sartaroshi haqidagi savolga javob berdi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu sartarosh futbolchidan jamoa yangiliklarini bilib olib, ularni ommaga «sizib» chiqargan.

«Bunday holat kelajakda takrorlanmasligini ta’minlash uchun ular bilan gaplashib oldik. Bu haqiqatan ham muhim masala ekanini tushunish lozim», — deya ishdan bo‘shatilgan Liam Rosenyorning o‘rnini vaqtincha egallab turgan Makfarlenning so‘zlarini keltiradi jurnalist Bobbi Vinsent.

Bugun «Chelsi» Angliya Kubogi yarim finalida «Uembli» stadionida «Lids»ga qarshi maydonga tushadi. Shanba kuni «Sautgempton» ustidan qiyinchilik bilan irodali g‘alabaga erishgan (2:1) «Manchester Siti» turnirning ilk finalchisiga aylangan edi.

Kiritildi: 08:53, 26.04.2026.
O'qildi: 1141 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик