Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Xetafe» muxlislari «Barselona» yulduzining mahoratiga tan berdi

«Xetafe» muxlislari «Barselona» yulduzining mahoratiga tan berdi

Baho:
+1 | -

«Barselona» yarim himoyachisi Pedrining o‘yini hatto raqib jamoa muxlislarida ham hayrat uyg‘otmoqda. 23 yoshli futbolchi La Liga doirasida shanba kuni «Xetafe»ga qarshi kechgan bahs (2:0) qahramonlaridan biriga aylandi — u golli uzatmani amalga oshirdi.

Barca Centre xabariga ko‘ra, «Koliseum» stadioniga yig‘ilgan tomoshabinlar «ko‘k-anorranglilar» yarim himoyachisini tik turib olqishlaganlar. OAVda «Barsa»ning amaldagi yulduzini La Ligada umumiy hurmatga sazovor bo‘lgan va boshqa jamoalar muxlislarining olqishlariga sazovor bo‘lib kelgan Andres Inyestaga qiyoslashdi.

Safarda «Xetafe»ni mag‘lub etgan Xans-Diter Flik jamoasi chempionlikni deyarli naqd qildi: chempionat yakuniga besh tur qolganda Madridning «Real» klubi bilan oradagi farq 11 ochkogacha ko‘paydi.

Kiritildi: 08:58, 26.04.2026.
O'qildi: 1577 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик