«Atletiko» oxirgi 5 ta o‘yin ichida ilk bor g‘alaba qozondi.
Diyego Simeone shogirdlari La Liganing 32-turi doirasida «Atletik Bilbao»ni mag‘lub etishdi (3:2). Bunga qadar jamoa ketma-ket uchta mag‘lubiyat va bir durang qayd etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 29 aprel kuni «Atletiko» Chempionlar ligasi yarim finalining ilk uchrashuvida «Arsenal»ni qabul qiladi.













