Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xavi «Barselona»dagi muvaffaqiyatsizligi sababini aytdi

Xavi «Barselona»dagi muvaffaqiyatsizligi sababini aytdi

Baho:
+ | -

Murabbiy Xavi Ernandes «Barselona»da ishlagan vaqtida yo‘l qo‘ygan xatosi haqida so‘zlab berdi. Ispaniyalik mutaxassis jamoani 2021 yilning kuzida qabul qilib olgan va 2022/23 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra uzoq kutilgan La Liga chempionligiga yetaklagan edi. Xavining tan olishicha, aynan shundan so‘ng u bo‘shashishga yo‘l qo‘ygan.

«Dastlabki bir yarim yil ichida men o‘ta talabchan edim. Futbolchilardan, ayniqsa, klub prezidenti Joan Laportadan ko‘p narsa talab qilardim. La Liga va Ispaniya Superkubogidagi g‘alabadan so‘ng, o‘zim ham sezmagan holda bo‘shashdim va talabni pasaytirib yubordim. Bunday holat kelajakda takrorlanmasligi kerak», — deya Xavining so‘zlarini keltiradi Ispaniya OAVlari.

Eslatib o‘tamiz, afsonaviy sobiq yarim himoyachi 2024 yilning may oyida bosh murabbiylik lavozimidan ozod etilgan edi. Uning o‘rnini Xans-Diter Flik egallagan.

Kiritildi: 11:19, 26.04.2026.
O'qildi: 690 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик