Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kasilyas: «Arbeloaning «Real»da ko‘tarilishi sababini hamma biladi»

Kasilyas: «Arbeloaning «Real»da ko‘tarilishi sababini hamma biladi»

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas «qirollik klubi»ning amaldagi ustozi Alvaro Arbeloaning faoliyati haqida fikr bildirdi.

«Arbeloa yoshlar jamoasidan asosiy jamoaga ko‘tarildi. U «Real» tarixida bu yo‘lni eng tez bosib o‘tgan va eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan mutaxassisdir. Buning tushuntirish qiyin bo‘lgan sabablari bor va ularni ochiq aytish o‘rinsiz. Biroq kiyinish xonasidagilarning barchasi bu nima uchun bunday ekanini yaxshi tushunishadi», — deya sobiq posbonning so‘zlarini keltiradi Sport.es.

Eslatib o‘tamiz, Arbeloa joriy yilning qishida «Real Madrid» bosh murabbiyi lavozimini egallagan edi. Ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida jamoa Chempionlar ligasining chorak finalida musobaqani tark etdi, La Liga turnir jadvalida esa ikkinchi pog‘onada bormoqda.

Kiritildi: 11:21, 26.04.2026.
O'qildi: 1697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик