Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Manchester Siti» Fernandesh transferiga qiziqmoqda

«Manchester Siti» Fernandesh transferiga qiziqmoqda

Baho:
+ | -

Angliyaning «Manchester Siti» klubi yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida «Vest Xem» a’zosi Mateush Fernandeshni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Football Insider nashri xabar tarqatdi.

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh skauti Mik Braunning so‘zlariga ko‘ra, 21 yoshli portugaliyalik futbolchiga bo‘layotgan qiziqishlar kundan-kunga ortib bormoqda. «Shaharliklar» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa sardori Bernardu Silvaning ehtimoliy ketishini inobatga olib, aynan Fernandeshni uning o‘rnini bosa oladigan nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Mateush Fernandeshning joriy mavsumdagi ishonchli harakatlari va Portugaliya milliy terma jamoasidagi debyuti uning transfer bozoridagi qiymati oshishiga sabab bo‘ldi. Klub skautlari allaqachon futbolchining o‘yinlarini kuzatishni boshlashgan va uning iqtidoriga yuqori baho berishmoqda.

O‘z navbatida, «Vest Xem» rahbariyati moliyaviy holat va jamoaning turnir jadvalidagi mavqeidan kelib chiqib, yozgi transfer oynasida bir qator yetakchilarini sotishga majbur bo‘lishi mumkin. Fernandesh esa klubni tark etishi kutilayotgan asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi.

Hozircha «Manchester Siti» tomonidan rasmiy taklif yuborilmagan, biroq muzokaralar mavsum yakunlangach faol bosqichga kirishi taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: 13:43, 26.04.2026.
O'qildi: 1260 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик