Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola: «To‘g‘risini aytsam, undan bunday golni kutmagan edim»

Gvardiola: «To‘g‘risini aytsam, undan bunday golni kutmagan edim»

Baho:
+1 | -

Angliya kubogining yarim final bahsida «Manchester Siti» klubi «Sautgempton» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning hal qiluvchi bosqichiga yo‘l oldi. «Shaharliklar»ga g‘alaba keltirgan golga yarim himoyachi Niko Gonsales mualliflik qildi.

Uchrashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola futbolchining namoyish etgan o‘yini va kiritgan goliga to‘xtalib o‘tdi.

«To‘g‘risini aytsam, undan bunday golni kutmagan edim. Odatda bunday vaziyatlarda qanot hujumchilari yoki forvardlar faollik ko‘rsatishadi, ammo Niko buni munosib tarzda amalga oshirdi. U ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda.

U o‘ziga ko‘proq ishonishi va ortiqcha ehtiyotkorlikdan voz kechishi kerak. Tayanch yarim himoyachisi pozisiyasida aynan shunday shijoat bilan harakat qilish lozim. U hali yosh va o‘sish uchun katta imkoniyatga ega», — dedi Gvardiola.

Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» final bahsida «Chelsi» — «Lids» uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Final uchrashuvi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 13:47, 26.04.2026.
O'qildi: 1336 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик