Kirish Ro'yxatdan o'tish

Iraola «Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi bo‘lishni xohlamoqda

Iraola «Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi bo‘lishni xohlamoqda

Baho:
+ | -

«Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraola «Chelsi»ni boshqarish istagida. Ispaniyalik mutaxassisning «olchalar» bilan shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano o‘zining YouTube kanalidagi videosida ma’lum qildi.

Manbaning xabariga ko‘ra, Iraola faoliyatini aynan Angliya chempionatida davom ettirishni istaydi. Hozirgi vaqtda «Chelsi» Liam Rosenyor iste’foga chiqarilganidan so‘ng, bosh murabbiylikka nomzodlarni o‘rganish uchun vaqt olgan. London klubi hozircha 43 yoshli mutaxassis bilan muzokaralar o‘tkazgani yo‘q.

Iraola 2023 yilning yozidan beri «Bornmut»ni boshqarib kelmoqda. Angliya chempionatining 34 turidan so‘ng «olchalar» 49 ochko jamg‘arib, 7-o‘rinni egallab turibdi. «Chelsi» esa 48 ochko bilan 8-pog‘onada bormoqda.

Kiritildi: 15:44, 26.04.2026.
O'qildi: 922 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик