Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Romano Fabregasning kelajagi haqida ma’lumot berdi

Romano Fabregasning kelajagi haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

Sesk Fabregas «Komo» klubida ajoyib natijalar ko‘rsatmoqda va shu sababli matbuot uni top-klublar, xususan, «Chelsi» bilan bog‘lamoqda. Shu bilan birga, nufuzli jurnalist Fabrisio Romano o‘zining YouTube'dagi ko‘rsatuvining yangi sonida Fabregasning kelajagi haqida gapirib o‘tdi.

Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, «Komo» rahbariyati Fabregas keyingi mavsumni ham klubda o‘tkazishiga to‘liq ishonmoqda. Shu bilan birga, insayder Seskning o‘zi ham «Komo»da baxtli ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Ayni damda «Komo» Italiya chempionati turnir jadvalida oltinchi pog‘onani egallab turibdi. Bugun, yakshanba kuni Fabregas jamoasi A Seriya doirasida safarda «Djenoa»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 16:00, 26.04.2026.
O'qildi: 967 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик