Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Xavi: «Yamal — haqiqiy iqtidor egasi»

Xavi: «Yamal — haqiqiy iqtidor egasi»

Baho:
+ | -

«Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi va bosh murabbiyi Xavi Ernandes Kataloniya klubi hujumchisi Lamin Yamal haqida yuqori fikr bildirdi hamda futbolni tushunish jihatidan ajralib turadigan o‘yinchilarni sanab o‘tdi.

«Yamal — haqiqiy iqtidor egasi. U hozirning o‘zidayoq zamonaviy jahon futbolidagi eng yaxshi yoki shulardan biri hisoblanadi. Endi hammasi uning kayfiyati, energiyasi va tarix yaratish istagiga bog‘liq. Barchasi uning o‘z qo‘lida.

Pedri, Vitinya, Aleksis Mak Allister… Menimcha, uch yoki to‘rt nafar futbolchi borki, ular jamoaviy o‘yinni tushunish jihatidan eng yaxshilar qatoriga kiradi. Ular to‘pni uzatish paytidayoq keyingi hujum haqida o‘ylaydi. Ular hech qachon shunchaki pas bermaydi — bu ularning o‘yinni anglash darajasi.

Masalan, bunday qobiliyat Pedrida bor. Yana men Frenki de Yongni ham aytgan bo‘lardim, menimcha, uni juda kam baholashadi. O‘yin uslubi jihatidan u menga o‘xshaydi», — dedi Xavi Romarioning YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 05:56, 27.04.2026.
O'qildi: 686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик