Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Endrik «Real»dan butunlay ketishi mumkinligiga shama qildi

Endrik «Real»dan butunlay ketishi mumkinligiga shama qildi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubidan «Lion»ga ijaraga berilgan hujumchi Endrik o‘z kelajagi borasida bir qarorga kelmagan. 19 yoshli futbolchi yanvar oyida «to‘quvchilar» safiga qo‘shilgan edi — ijara shartnomasi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Dastlab braziliyalik futbolchi Madridga qaytishini va yana «qaymoqranglilar» tarkibidan joy olishga harakat qilishini aniq aytgan edi, biroq endilikda uning fikrlari avvalgidek qat’iy emas.

«Agar «Real»ga qaytish kerak bo‘lsa — jon deb qaytaman. Agar boshqa biror joyga yo‘l olishga to‘g‘ri kelsa — demak shunday bo‘ladi», — deya hujumchining so‘zlarini keltirmoqda Madrid Universal.

Intervyu davomida Endrik fransuz tilini faol o‘rganayotganini ham ta’kidlab o‘tdi. «Lion» safidagi 18 ta uchrashuvda yosh iqtidor egasi 7 ta gol va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga ulgurdi.

Kiritildi: 09:38, 27.04.2026.
O'qildi: 349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик