Kirish Ro'yxatdan o'tish

Spalletti «Yuventus»ning Chempionlar Ligasiga chiqish imkoniyatlarini baholadi

Spalletti «Yuventus»ning Chempionlar Ligasiga chiqish imkoniyatlarini baholadi

Baho:
+ | -

«Yuventus» ustozi Luchano Spalletti Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kechayotgan kurash haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Yakshanba kuni turinliklar «San-Siro»da «Milan» bilan ochko bo‘lishishdi (0:0).

Ayni damda «byankonerilar» 64 ochko bilan «ECHL zonasi»ni yakunlab turibdi, biroq «Komo» va «Roma» ulardan unchalik ortda emas — ularda 61 ochkodan mavjud.

«Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash oxirigacha davom etishi mumkin. «Roma» yaxshi temp oldi, «Komo» esa qiyin kechgan safar o‘yinida g‘alaba qozondi. O‘z o‘rnimizga loyiq ekanimizni isbotlash uchun g‘alaba qozonishga majburmiz. Aynan shunday sharoitlarda kim «Yuventus»da o‘ynashga loyiq ekani oydinlashadi», — dedi Spalletti jurnalistlar bilan suhbatda.

35-turda «Yuventus» o‘z maydonida autsayder — «Verona»ni qabul qiladi. Uchrashuv 3 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:40, 27.04.2026.
O'qildi: 637 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик