Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kingsli Koman YECHL yarim finalida qaysi sobiq jamoasiga muxlislik qilishini aytdi

Kingsli Koman YECHL yarim finalida qaysi sobiq jamoasiga muxlislik qilishini aytdi

Baho:
+ | -

«An-Nasr» vingeri Kingsli Koman «Bavariya» va «PSJ» jamoalari o‘rtasida tanlov qildi. Myunxenliklar va parijliklar Chempionlar Ligasi yarim finalida o‘zaro to‘qnash kelishadi. Birinchi uchrashuv 28 aprel kuni «Park de Prens»da, javob bahsi esa 6 may kuni «Alyans Arena»da bo‘lib o‘tadi.

«Har ikki klub qalbimdan chuqur joy olgan, ammo «Bavariya» — men uchun yangiroq sahifa. U yerdan yaqindagina ketdim, ko‘plab do‘stlarim haliyam o‘sha yerda, klubdagi insonlarni juda yaxshi taniyman. Shu sababli, bu safar «Bavariya»ga muxlislik qilishim aniq. Biroq men favorit haqida emas, aynan shaxsiy aloqalarim haqida gapiryapman», — deya Komanning so‘zlarini keltirmoqda Bayern & Germany.

«PSJ» — fransiyalik futbolchining jonajon klubi hisoblanadi, biroq u kattalar darajasida parijliklar safida bor-yo‘g‘i to‘rtta o‘yinda maydonga tushgan. Myunxen grandi sharafini esa futbolchi 2015 yildan 2025 yilga qadar himoya qilgan.

Kiritildi: 09:44, 27.04.2026.
O'qildi: 615 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик