Kirish Ro'yxatdan o'tish

Spalletti nima uchun Vlaxovichni «Milan»ga qarshi bahsda asosiy tarkibga qo‘ymaganini tushuntirdi

Spalletti nima uchun Vlaxovichni «Milan»ga qarshi bahsda asosiy tarkibga qo‘ymaganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti hujumchi Dushan Vlaxovichning holati haqida gapirdi.

26 yoshli futbolchi o‘tgan yilning noyabr oyidan beri maydonga tushishiga to‘sqinlik qilgan jarohatidan so‘ng, mart oyida safga qaytgan edi, biroq ko‘p o‘tmay yana lazaretga yo‘l oldi. Yakshanba kuni serbiyalik hujumchi A Seriya doirasidagi «Milan»ga qarshi bahsning (0:0) so‘nggi daqiqalarida zaxiradan maydonga tushdi.

«Ikkinchi bo‘limda bizga Vlaxovich tipidagi o‘yinchi kerak edi, lekin u bu hafta yetarlicha mashg‘ulot o‘tkazmadi. Dushan uzoq vaqt safdan chiqqan edi, shu sababli uni barvaqt maydonga tushirish tavakkalchilik bo‘lardi», — dedi Spalletti matbuot anjumanida.

Hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi.

Kiritildi: 09:46, 27.04.2026.
O'qildi: 503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик