Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Italiyaning JCHdagi oxirgi goli muallifi terma jamoaning hozirgi muammolari haqida gapirdi

Italiyaning JCHdagi oxirgi goli muallifi terma jamoaning hozirgi muammolari haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Hozirda BAAning «Al-Ittifoq» klubida to‘p surayotgan hujumchi Mario Balotelli Italiya futbolidagi muammolar haqidagi savolga javob berdi. Italiya terma jamoasi ketma-ket uchinchi bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi: mart oyi oxirida jamoa o‘tish o‘yinlari finalida Bosniya va Gersegovina vakillariga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.

«Hozirgi futbolchilarda menda bo‘lgan terma jamoaga nisbatan tuyg‘ularni ko‘rmayapman. Zamonaviy yoshlar futboldan ko‘ra telefonni afzal ko‘rishadi — shu sababli yangi talantlarni kashf qilish juda qiyin bo‘lmoqda», — deya jurnalist Nikolo Skira Balotellining so‘zlarini keltirmoqda.

Yaqindagina 35 yoshli hujumchi JCH-2026da «skuadra adzurra» safida o‘ynashni orzu qilishini tan olgan edi. Ta’kidlash joizki, italiyaliklarning mundiallardagi oxirgi golini aynan Balotelli urgan — bu voqea olis 2014 yilning iyun oyida, Angliyaga qarshi guruh bosqichi o‘yinida sodir bo‘lgandi.

Kiritildi: 09:54, 27.04.2026.
O'qildi: 537 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик