Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alisson nima uchun «Yuventus» taklifiga moyillik bildirmoqda?

Alisson nima uchun «Yuventus» taklifiga moyillik bildirmoqda?

Baho:
+ | -

«Liverpul» jamoasining tajribali posboni Alisson Beker joriy mavsum yakunida mersisaydliklar safini tark etishi mumkin. Unga Turinning «Yuventus» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

TEAMtalk nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, braziliyalik golkiper uchun Turinga ko‘chib o‘tish varianti ma’qul kelmoqda va u ushbu transferga tobora ko‘proq moyillik bildirmoqda. Italiya grandi allaqachon 33 yoshli darvozabonga «2+1» ko‘rinishidagi shartnoma taklif qilgan.

Alisson uchun Italiya futboli begona emas. U 2018 yilda «Liverpul»ga o‘tishdan oldin «Roma» sharafini himoya qilgan. Tajribali futbolchining ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Alisson Bekerning bozor qiymatini 17 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 11:35, 27.04.2026.
O'qildi: 614 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик