Italiya A Seriyasining joriy mavsumida «Milan» va Turinning «Yuventus» jamoalari o‘rtasidagi bahslarda biror marta ham darvozalar ishg‘ol etilmadi.
Italiya chempionatining 34-turi doirasida «San-Siro» stadionida kechgan uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Jamoalarning birinchi davrada Turinda bo‘lib o‘tgan o‘yinida ham hisob ochilmagan edi.
Shu tariqa, A Seriya tarixida ilk bor «Milan» va «Yuventus» bir mavsum doirasidagi har ikki o‘yinda ham bir-biriga gol ura olishmadi.













