Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

APLdan tushib ketgan jamoa Jerrard nomzodini ko‘rib chiqmoqda

APLdan tushib ketgan jamoa Jerrard nomzodini ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubi sobiq futbolchisi, hozirda murabbiylik faoliyatini olib borayotgan Stiven Jerrard «Byornli» bosh murabbiyi lavozimini egallashi mumkin. Bu haqda Burnley Express nashri xabar bermoqda.

«Byornli» muddatidan oldin APLni tark etdi va kelgusi mavsumni Chempionshipda o‘tkazadi. Stiven Jerrard ayni damda ishsiz hisoblanadi. Uning so‘nggi ish joyi Saudiya Arabistonining «Al-Ittifoq» klubi bo‘lgan va u yerni o‘tgan yilning yanvar oyida tark etgan edi.

Avvalroq Jerrard Shotlandiyaning «Reynjers» hamda Angliyaning «Aston Villa» jamoalaridagi murabbiylik faoliyati bilan tanilgan.

Ma’lumot uchun, APL yakunlanishiga to‘rt tur qolganda «Byornli» 20 ochko bilan turnir jadvalining oxirgidan bitta oldingi pog‘onasini egallab turibdi va yuqori divizionda qolish imkoniyatini yo‘qotgan.

Kiritildi: 12:15, 27.04.2026.
O'qildi: 719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик