Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Real» Gonsalo Garsiyaga narx belgiladi

«Real» Gonsalo Garsiyaga narx belgiladi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi 22 yoshli hujumchisi Gonsalo Garsiyani yozgi transfer oynasida sotishga tayyor. As nashrining xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» futbolchiga qiziqish bildirgan Italiya klublaridan biriga 60 million yevrolik talab qo‘ygan.

Shu bilan birga, Germaniya OAVlari Dortmundning «Borussiya» klubi ham futbolchi uchun kurashga qo‘shilganini yozmoqda. Biroq «arilar» taklif qilayotgan 30 million yevro Madrid klubining talablariga mos kelmayapti va hozirda muzokaralar to‘xtab qolgan.

Agar biror klub «Real» so‘ragan summani to‘lashga rozi bo‘lsa, Garsiya klub akademiyasidan chiqqan eng qimmatbaho ikkinchi futbolchiga aylanadi. Bu boradagi rekord hamon Alvaro Morataga tegishli bo‘lib, u 2017 yilda 80 million yevro evaziga «Chelsi»ga transfer qilingan edi.

Ma’lumot uchun, Gonsalo Garsiya joriy mavsumda La Liga doirasida 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U har bir o‘yinda o‘rtacha 27 daqiqa harakat qilib, o‘z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 15:00, 27.04.2026.
O'qildi: 1072 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик