Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rummenigge Olisening transferi haqida: «Bizni ikkilantira oladigan summa yo‘q»

Rummenigge Olisening transferi haqida: «Bizni ikkilantira oladigan summa yo‘q»

Baho:
+ | -

«Bavariya» kuzatuv kengashi a’zosi Karl-Xayns Rummenigge klub Maykl Oliseni 200 million yevroga sotish-sotmasligi haqidagi savolga javob berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2009 yilda «Chelsi» Frank Riberi bo‘yicha taklif yuborgan edi. O‘sha kelishuv o‘sha davr tarixidagi rekordga aylanishi mumkin edi, biroq «Bavariya»dagi uzoq muhokamalardan so‘ng bir qoida o‘rnatilgan: asosiy futbolchilarni sotmaslik.

«Bu norasmiy qoida shu kungacha amal qilib kelmoqda. Olise kabi o‘yinchi uchun bizni ikkilantira oladigan narxning o‘zi yo‘q», — deya funksionerning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalist Julian Bul.

Joriy mavsumda 24 yoshli Olise barcha musobaqalarni hisobga olganda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 29 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 16:03, 27.04.2026.
O'qildi: 1150 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик