Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Luka Modrich og‘ir jarohat oldi. Xorvatiyalik yulduz uchun mavsum yakunlandi

Luka Modrich og‘ir jarohat oldi. Xorvatiyalik yulduz uchun mavsum yakunlandi

Baho:
+ | -

«Milan» klubi yarim himoyachisi Luka Modrich Italiya A Seriyasining 34-turida jiddiy jarohat olib, safdan chiqdi.

A Seriyaning 34-turi doirasida kechgan «Yuventus»ga qarshi bahsda (0:0) 40 yoshli xavbek havodagi to‘p uchun kurashda Manuel Lokatelli bilan to‘qnashib ketdi. Tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay, Modrich 80-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Xorvatiyaning Sportske novosti portali va insayder Fabrisio Romano bergan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining yuz suyagi ikki joyidan singan. Shu sababli Modrich uchun mavsumning qolgan qismi muddatidan avval yakunlandi. Hozirda faxriy futbolchining jarrohlik amaliyotiga muhtojligi masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Shunday bo‘lsa-da, Luka Modrich JCH-2026 turnirida Xorvatiya terma jamoasiga yordam berishi kutilmoqda. Katta ehtimol bilan u jahon chempionatida maxsus himoya niqobida to‘p suradi.

Kiritildi: 19:29, 27.04.2026.
O'qildi: 909 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик