Angliya Premyer-ligasining 34-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvda «Brentford» «Manchester Yunayted»ga imkoniyatni boy berdi. Garchi klub hali ham yevrokuboklar hududiga kirish uchun kurashni davom ettirayotgan bo‘lsa-da, chempionat doirasida qatorasiga oltita o‘yindan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda.
«Brentford» oxirgi marta qishning so‘nggi kunida — 28 fevral sanasida «Byornli» ustidan g‘alaba qozongan edi (4:3). Shundan so‘ng jamoaning ishlari yurishmadi va bunday muvaffaqiyatsiz seriya klub tarixida oxirgi marta 2024 yilning boshida kuzatilgan edi.
Kit Endryus shogirdlari ushbu noxush an’anaga chek qo‘yish uchun navbatdagi turni kutishlariga to‘g‘ri keladi. «Brentford» APLning keyingi turida, 2 may — shanba kuni Londonda «Vest Xem» mehmoni bo‘ladi.













