Ukrainalik darvozabon Andrey Lunin kelasi mavsumni ham Madridning «Real» klubida o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda The Athletic nashri jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, golkiperning «Betis»ga qarshi safar o‘yinida (1:1) ko‘rsatgan ishonchli harakatlari «qirollik klubi» rahbariyatini uni jamoada olib qolishga undagan. 2025/2026 yilgi mavsumda Lunin jami 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 21 ta to‘p olib chiqdi.
27 yoshli posbon 2018 yilning yozida madridliklar safiga kelib qo‘shilgan edi. Andrey va «qaymoqranglilar» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2030 yilning iyun oyi yakuniga qadar mo‘ljallangan. Hozirda darvozabonning transfer bozoridagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.













