Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Fransiyalik mutaxassis «PSJ»ning asosiy darvozaboni kim bo‘lishi kerakligini aytdi

Fransiyalik mutaxassis «PSJ»ning asosiy darvozaboni kim bo‘lishi kerakligini aytdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Raymon Domenek «PSJ» darvozaboni Lyuka Shevalye atrofidagi vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi. Yosh fransuz posboni ayni damda rossiyalik golkiper Matvey Safonov bilan raqobatda imkoniyatni boy bermoqda.

«Parij jamoasi himoyachilari Safonovga ishonishadi. Shevalyeda esa bunday holat kuzatilmayapti. Lyuka maydonga tushgan vaqtlarda «PSJ» mudofaa chizig‘i harakatlarida asabiylik sezilib turdi. Agar Shevalye muntazam o‘ynashni istasa, bu yerda ishlari yurishmaganini tan olishi kerak. U o‘zini boshqa jamoada sinab ko‘rgani ma’qul», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Le10Sport nashri.

Eslatib o‘tamiz, Lyuka Shevalye 2025 yilning yozida 40 million yevro evaziga «Lill»dan Parij grandi safiga o‘tgan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan. Biroq Safonovning ishonchli o‘yini tufayli Shevalye zaxira o‘rindig‘iga mixlanib qolmoqda.

Kiritildi: 11:56, 28.04.2026.
O'qildi: 371 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик