Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Xvicha mashg‘ulotlardagi asosiy quroli haqida gapirdi

Xvicha mashg‘ulotlardagi asosiy quroli haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«PSJ»ning gruziyalik vingeri Xvicha Kvarasxeliya Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «Bavariya»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘zining asosiy uslubiga aylangan harakatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Men dribling va zarbalar ustida juda ko‘p ishlayman. Maydon markaziga yorib kirib, zarba berishim — bu shunchaki tasodif emas, balki tinimsiz mashg‘ulotlar natijasidir. Men bu harakatni mashqlarda har kuni takrorlayman va o‘z ustimda ishlashdan to‘xtamayman», — deya Xvichaning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Shuningdek, futbolchi o‘z fintlari va sevimli usullaridan foydalanish ko‘p jihatdan raqib himoyachilarining harakatlariga ham bog‘liq ekanini ta’kidlab o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, «PSJ» va «Bavariya» o‘rtasidagi ilk to‘qnashuv bugun, 28 aprel oqshomida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:00, 28.04.2026.
O'qildi: 304 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик