Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Kvarasxeliya: «Biz «Bavariya»ni mag‘lub eta olishimizni isbotlaganmiz»

Kvarasxeliya: «Biz «Bavariya»ni mag‘lub eta olishimizni isbotlaganmiz»

Baho:
+ | -

«PSJ»ning gruziyalik yarim himoyachisi Xvicha Kvarasxeliya Chempionlar ligasining asosiy bosqichida Myunxenning «Bavariya» klubiga qarshi kechgan bahsni yodga oldi. 2025 yilning noyabr oyida parijliklar o‘z maydonida raqibga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

«O‘sha o‘yin yodimda, biz raqib darajasida o‘yin ko‘rsata olmagandik, bundan tashqari jarohatlar ham pand bergandi. Biroq ikkinchi bo‘limda har qanday ishni uddalay olishimizni va ularni mag‘lub etishga qodirligimizni ko‘rsatdik. Faqatgina kerakli gollarni ura olmadik xolos», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Qur’a jamoalarni musobaqaning pley-off bosqichida yana to‘qnash keltirdi. Yarim finalning ilk uchrashuvi 28 aprel kuni Parijda bo‘lib o‘tsa, javob o‘yini 5 may kuni Myunxenda o‘tkaziladi.

Kiritildi: 12:02, 28.04.2026.
O'qildi: 330 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик