Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Ter Shtegen «Barselona»ga kerak emas

Ter Shtegen «Barselona»ga kerak emas

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi ayni damda ijara asosida «Jirona» sharafini himoya qilayotgan darvozabon Mark-Andre ter Shtegenning xizmatlariga ehtiyoj sezmayapti. Bu haqda taniqli jurnalist Fernando Polo xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, yozgi transfer oynasida 33 yoshli posbon uchun eng maqbul variant yana boshqa klubga ijaraga berilishi bo‘lib turibdi. Hozircha biror-bir jamoa uni to‘liq sotib olish tavakkaliga qo‘l urishi amrimahol bo‘lib ko‘rinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Jirona» ter Shtegenni shu yilning yanvar oyida ijaraga olgan edi. Biroq u yangi jamoasida bor-yo‘g‘i 2 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 2 ta to‘p olib chiqdi va yana jarohat oldi. Germaniyalik darvozabonning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:30, 28.04.2026.
O'qildi: 525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик