«Manchester Siti»ning bo‘lajak bosh murabbiyi sifatida ko‘rilayotgan Enso Mareska yozgi transfer oynasi oldidan klub rahbariyatiga o‘z talabini ma’lum qildi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.
Mavsum yakunida Xosep Gvardiolaning o‘rnini egallashi kutilayotgan Mareska «Siti»da «Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandesni ko‘rishni istamoqda. Mutaxassisning fikricha, argentinalik futbolchi «shaharliklar»ning yozdagi bosh transfer maqsadiga aylanishi lozim.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Enso Fernandes joriy mavsumda barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining transfer narxini 90 million yevroga baholamoqda.













