Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Yamal JCH-2026 startida o‘ynamasligi kerak

Yamal JCH-2026 startida o‘ynamasligi kerak

Baho:
+ | -

Lamin Yamal Ispaniya chempionatining yaqinda bo‘lib o‘tgan «Selta»ga qarshi o‘yinida jarohat oldi. Iqtidorli vinger penalti tepish vaqtida shikastlangan. Ko‘p o‘tmay futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va Yamal klub miqyosidagi mavsum yakuniga qadar maydonga tusha olmasligi e’lon qilindi.

Shu bilan birga, Lamin Jahon chempionati boshlanishiga qadar sog‘ayishi kutilmoqda. Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, «Barselona»ning o‘z istagi bor. Agar Ispaniya terma jamoasi Yamalni Jahon chempionati guruh bosqichining dastlabki ikki o‘yinida maydonga tushirmasa, klub bundan minnatdor bo‘lardi.

Gap shundaki, Lamin ushbu bahslarda 100 foiz tayyor bo‘la olmaydi. Yamal Kabo-Verde va Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi ehtimoldan xoli emas.

Kiritildi: 15:14, 28.04.2026.
O'qildi: 1107 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик