Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Xavers Madridda o‘ynamaydi

Xavers Madridda o‘ynamaydi

Baho:
+ | -

«Arsenal» hujumchisi Kay Xavers Chempionlar ligasi doirasidagi «Atletiko»ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda The Athletic nashriga tayanib Goal portali xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan dam olish kunlari Premyer-liganing «Nyukasl»ga qarshi o‘yinida Xavers jarohat olib, maydonni erta tark etishga majbur bo‘lgan edi. Nemis futbolchisining tiklanishi uchun qancha vaqt kerak bo‘lishi hozircha noma’lum.

Joriy mavsumda Kay Xavers 20 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

«Atletiko» va «Arsenal» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi dastlabki yarim final uchrashuvi chorshanba, 29 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:55, 28.04.2026.
O'qildi: 446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик