Madridning «Atletiko» klubi sardori Koke Yevropa Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi bahs oldidan o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi. Tajribali yarim himoyachi muhim o‘yin oldidagi hayajonni kutilmagan o‘xshatish bilan ifodaladi.
«O‘yin yaqinlashgani sayin xuddi o‘zing yoqtirgan qiz bilan ilk uchrashuvga chiqqandagidek, qorinda «kapalaklar ucha boshlaydi». Ammo chigalyozdi mashg‘ulotlari uchun maydonga tushganingda, bularning barchasi ortda qoladi. Biz yarim finalda ishtirok etayotganimizdan baxtiyormiz va bu bahsga katta quvonch bilan yondashyapmiz», — dedi Koke.
Eslatib o‘tamiz, «Atletiko» va «Arsenal» o‘rtasidagi dastlabki yarim final uchrashuvi ertaga, 29 aprel kuni Madriddagi «Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.













