Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Real» Tchuameni bo‘yicha qaror qabul qildi

«Real» Tchuameni bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

«Real» rahbariyati yarim himoyachi Orelyen Tchuamenining kelajagi borasida bir qarorga keldi. Fransuz futbolchisini «Manchester Yunayted» bilan bog‘layotgan mish-mishlarga qaramay, Madrid klubi futbolchi bilan xayrlashish niyatida emas. «Qaymoqranglilar» Tchuamenini o‘z sport loyihalarining muhim qismi sifatida ko‘rishmoqda.

Foot Mercato nashrining xabar berishicha, «Real» 26 yoshli Tchuameni bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda. Shuningdek, Madrid klubi futbolchining ish haqini oshirish haqida o‘ylamoqda.

Orelyen Tchuameni 2022 yilning yozida «Monako»dan transfer qilinganidan beri «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘shandan beri yarim himoyachi 191 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol va 8 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 21:03, 28.04.2026.
O'qildi: 736 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик