Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Fabrisio Romano: Mourinyo "Real"ga qaytishga tayyorligini ma’lum qildi

Fabrisio Romano: Mourinyo "Real"ga qaytishga tayyorligini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Joze Mourinyo «Real Madrid» boshqaruvini qo‘lga olishga tayyor. Jurnalist Fabrisio Romanoning xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis Madrid klubiga qaytishdan manfaatdor va bu haqda avvalroq ham ma’lumotlar berilgan edi.

Shu bilan birga, Romanoning ta’kidlashicha, Mourinyo yagona nomzod emas. «The Special One» «Real»ning to‘rt nafar murabbiydan iborat qisqa ro‘yxatiga (short-list) kiritilgan. Yakuniy qarorni madridliklar prezidenti Florentino Peres shaxsan qabul qiladi.

Qayd etilishicha, «Benfika» Joze Mourinyoni jamoa boshqaruvida saqlab qolmoqchi. Biroq murabbiyning shartnomasida 6 million yevro miqdorida tovon puli to‘lab, uni sotib olish bandi mavjud. Ushbu imkoniyat may oyi oxirigacha amal qiladi.

Ma’lumki, Joze Mourinyo 2010–2013 yillarda «Real Madrid» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.

Kiritildi: 22:16, 28.04.2026.
O'qildi: 1126 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик