Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Baqoyev: «Qisqa vaqtda 2 ta gol o‘tkazib yuborganimiz biz uchun ham biroz kutilmagan bo‘ldi»

Baqoyev: «Qisqa vaqtda 2 ta gol o‘tkazib yuborganimiz biz uchun ham biroz kutilmagan bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev «So‘g‘diyona» – «Surxon» (5:2) uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Menimcha, o‘yin yaxshi o‘tdi: birinchi bo‘limni to‘liq nazorat qildik va ikkita gol urdik. Aslida, yana gol urish imkoniyatlarimiz ham bor edi. Ikkinchi bo‘limda ham shu ruhda davom etdik — intizom bilan o‘ynadik, tezkor va samarali qarshi hujumlar tashkil qildik. Yana ikkita gol urdik va hisobni yanada yiriklashtirishimiz ham mumkin edi.

Biroq shundan keyin qisqa vaqt ichida ikkita gol o‘tkazib yubordik va o‘yinda kutilmagan tartibsizlik yuzaga keldi. Bu holat biz uchun ham biroz kutilmagan bo‘ldi va yigitlar orasida ozgina hayajon paydo bo‘ldi.

Keyinchalik beshinchi golni urib, o‘yinni yana nazoratga oldik va vaziyatni barqarorlashtirdik. Shu bilan birga, «Surxon» jamoasi darvozabonini ham alohida ta’kidlash kerak — u ko‘plab xavfli vaziyatlarda jamoasini qutqarib qoldi. Aks holda, hisob yanada yirikroq bo‘lishi mumkin edi.

Umuman olganda, yigitlarga g‘alaba va maydondagi fidoyiligi uchun minnatdorchilik bildiraman. Endi esa e’tiborimizni keyingi turga qaratamiz va tayyorgarlikni davom ettiramiz", — dedi Baqoyev.

«So‘g‘diyona» matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcsogdianauz
Kiritildi: 08:14, 29.04.2026.
O'qildi: 172 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик