Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Vensan Kompani «PSJ» — «Bavariya» o‘yinidan keyin hakamlikdan norozi bo‘ldi

Vensan Kompani «PSJ» — «Bavariya» o‘yinidan keyin hakamlikdan norozi bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar ligasi yarim finalidagi «PSJ»ga qarshi birinchi uchrashuvdagi (4:5) mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Menimcha, belgilangan penalti juda bahsli qaror bo‘ldi. Men ko‘rgan holatga qaraganda, to‘p avval tanasiga, keyin qo‘liga teggandek tuyuldi va agar shunday bo‘lgan bo‘lsa, penalti belgilanmasligi kerak edi.

Ammo men futbolda har qanday holat yuz berishi mumkinligini tushunaman. Shunga qaramay, epizodni diqqat bilan qayta ko‘rib chiqilsa, ehtimol, bu qarorda xato bo‘lgan», — dedi Kompani.

Shu bilan birga, «Bavariya» ustozi javob o‘yinida jamoasi kambek qila olishiga ishonch bildirdi:

«Biz bilamizki, keyingi o‘yin o‘z maydonimizda bo‘ladi, shuning uchun g‘alaba qozonishimiz shart. Biz ko‘pincha o‘z maydonimizda g‘alaba qozonamiz. Demak, muxlislarimizning to‘liq qo‘llab-quvvatlashi bilan muvaffaqiyatga ishonch, albatta, bor».

«Bavariya» — «PSJ» javob uchrashuvi 6 maydan 7 mayga o‘tar kechasi Myunxenda bo‘lib o‘tadi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 08:35, 29.04.2026.
O'qildi: 537 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик