Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Real» Klopp va Mourinyo o‘rtasida tanlov qiladi

«Real» Klopp va Mourinyo o‘rtasida tanlov qiladi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubida yangi murabbiy almashinuvi yaqinlashmoqda. Alvaro Arbeloa mavsum yakunida bosh murabbiylik lavozimini tark etishi deyarli aniq – unga allaqachon o‘rinbosar qidirilmoqda.

Mashhur jurnalist Xosep Pedrerolning ma’lumotiga ko‘ra, «qaymoqranglilar» Yurgen Klopp va Joze Mourinyo nomzodlari o‘rtasida tanlov o‘tkazmoqda. Hozirda nemis mutaxassisi «Red Bull» futbol bo‘limi rahbari lavozimini egallab turibdi, portugaliyalik murabbiy esa «Benfika»ni boshqarmoqda.

Mish-mishlar Kloppni anchadan beri «Real» bilan bog‘lab keladi, biroq «Liverpul»ning sobiq ustozi murabbiylik faoliyatiga qaytish niyati yo‘qligini bir necha bor ta’kidlagan. Mourinyo esa avvalroq, 2010 yildan 2013 yilgacha «qirollik klubi»da faoliyat yuritgan.

Kiritildi: 12:55, 29.04.2026.
O'qildi: 1372 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик