Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Zeedorf «PSJ» yulduzining «Bavariya»ga qarshi o‘yinidan hayratda

Zeedorf «PSJ» yulduzining «Bavariya»ga qarshi o‘yinidan hayratda

Baho:
+ | -

«Milan»ning sobiq yarim himoyachisi Klarens Zeedorf Chempionlar ligasi 1/2 finalining «Bavariya»ga qarshi dastlabki o‘yinida (5:4) dubl qayd etgan «PSJ» vingeri Xvicha Kvarasxeliyani dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb atadi.

«Kvarasxeliya — dunyodagi eng yaxshi futbolchi. U hali yanada o‘sishda davom etadi. U chap qanotda o‘ynashda davom etadimi yoki yo‘q, bilmayman, chunki u har qanday vaziyatda nima qilish kerakligini yaxshi biladi.

Muayyan daqiqalarda u butun jamoani o‘z ortidan ergashtira oladi. Menga uning o‘yin intellekti juda yoqadi. U yarim himoyada qo‘shimcha kuch bo‘lish bilan birga, hujumga ham katta hissa qo‘shadi. U shunchaki aql bovar qilmas o‘yinchi.

Menimcha, Xvicha uchun maydon markazida ham bo‘sh hududlar bor — bu qaysidir ma’noda Usmon Dembelening harakatlariga o‘xshab ketadi. Xvicha o‘zi tushib qolgan har qanday vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qila oladi.

Menga uning xarakteri yoqadi: qiyin vaziyatlarda jamoani qutqara oladi, doimo himoyaga qaytadi. U menga Ueyn Runini eslatib yuboradi. O‘yinning murakkab pallalarida u yarim himoyadagi qo‘shimcha o‘yinchiga aylanadi va vaziyatlar yaratadi», — dedi Klarens Zeedorf Amazon Prime efirida.

Kiritildi: 13:58, 29.04.2026.
O'qildi: 1362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик