Sud Markus Reshfordni irqiy kamsitgan va haqorat qilgan muxlisga nisbatan jazo tayinladi.
25 sentyabr kuni «Barselona» safarda «Real Ovyedo»ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi. Uchrashuv davomida mezbonlarning muxlislaridan biri mehmonlar hujumchisi Reshfordga nisbatan qora tanlilarni kamsituvchi «negrata» so‘zini ishlatib, uni haqorat qilgan.
Ayblov tomoni ushbu shaxs uchun 1 yil-u 3 oylik qamoq jazosini so‘ragan edi. Bugun sud ayblanuvchini 9 oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Shuningdek, muxlis olti oy davomida har kuni 5 yevro miqdorida jarima to‘lashga majburlandi.
Bundan tashqari, ushbu muxlis 3 yil-u 9 oy davomida sport, ta’lim va ko‘ngilochar sohalarda ishlay olmaydi. Unga 3 yil davomida futbol o‘yinlariga tashrif buyurish ham taqiqlandi.













