Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

“Barcha orzularingga erishib bo‘ldingmi?” — Fernandesh nega “Al-Hilol” taklifini rad etgani sababini ochiqladi

“Barcha orzularingga erishib bo‘ldingmi?” — Fernandesh nega “Al-Hilol” taklifini rad etgani sababini ochiqladi

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” sardori Brunu Fernandesh o‘tgan yozda Saudiya Arabistonidan kelgan ko‘p millionli shartnomani rad etganining sababini ochiqladi. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining bu qarorida rafiqasi Ana Pinyoning o‘rni katta bo‘lgan.

O‘tgan mavsumdagi omadsizliklardan so‘ng, “qizil iblislar” tarkibni qayta qurishni rejalashtirgan, bu esa jamoa yetakchilaridan birining sotilishini ham istisno etmasdi. Shu pallada Saudiyaning “Al-Hilol” klubidan moliyaviy jihatdan o‘ta manfaatli taklif tushadi.

Fernandesh oilasining kelajagini ta’minlash maqsadida ushbu variantni jiddiy ko‘rib chiqqan. Biroq rafiqasining birgina savoli hammasini o‘zgartirib yuborgan:

“Sen futbolchilik faoliyatingdagi barcha orzularingga erishib bo‘ldingmi?”

Bu savol Brununi o‘z kelajagi haqida o‘ylashga majbur qildi. Klub afsonasi Ueyn Runi bilan suhbatda portugaliyalik yarim himoyachi hali ham “Manchester Yunayted” bilan Premyer Liga va Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishni istashini tan oldi.

Natijada Fernandesh pullardan ko‘ra sport ambisiyalarini ustun qo‘yib, “Old Trafford”da qolishga qaror qildi. U joriy mavsumda o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsatmoqda va jamoaning asosiy yetakchilaridan biri hisoblanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:47, 29.04.2026.
O'qildi: 384 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик