Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

«Benfika» Mourinyoni «Real»ga qo‘yib yubormoqchi emas

«Benfika» Mourinyoni «Real»ga qo‘yib yubormoqchi emas

Baho:
+ | -

Portugaliyalik futbol agenti Paulu Barboza Joze Mourinyoning «Benfika»dan Madridning «Real» klubiga ehtimoliy o‘tishi borasida lissabonliklarning pozisiyasini ochiqladi.

«Portugaliya klubi Jozeni qo‘yib yuborishni istamayapti. Rahbariyat Mourinyu jamoada qolishi va Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun yangi jamoa barpo etishiga umid qilmoqda», — deya Barbozaning so‘zlarini keltiradi «RB Sport» portali.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda 63 yoshli portugaliyalik mutaxassis «Real» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mourinyu avval ham (2010–2013 yillarda) «qirollik klubi»da faoliyat yuritgan. «Real» bilan u Ispaniya chempionligi, mamlakat Kubogi va Superkubogida g‘olib chiqqan.

«Special One»ning «Real»dan keyingi faoliyatida «Chelsi»ga qaytish, «Manchester Yunayted», «Tottenxem», «Roma» va «Fenerbaxche»dagi ish jarayonlari kuzatilgan. U 2025 yildan buyon «Benfika» bosh murabbiyi bo‘lib ishlab kelmoqda.

Kiritildi: 22:15, 29.04.2026.
O'qildi: 227 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик